GUSHSOY

GUSHSOY, Yongʻoqlisoy — Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi soy. Ohangaron daryosining chap irmogʻi. Qurama tizmasining shim. garbiy yon bagridagi Pongʻoz dovonidan boshlanadi. Uz. 25 km, havzasining mayd. 142 km2. G. yuqori va oʻrta qismida ancha tor, quyi qismida esa nisbatan keng vodiyda shagʻal va xarsangtoshli oʻzanda oqadi. qavzasi kichik boʻlganligi va past togʻlardan oqib tushganligi uchun Gushsoy kamsuv, uning oʻrtacha yillik suv sarfi qariyb 1 m3/sek. g. asosan qor-yomgʻirdan suv oladi, erta bahorda toshadi. Suv sugʻorishga sarf boʻlishi va oʻzan ostiga sizib ketishi tufayli etak qismi koʻpincha qurib yotadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x