GRAUVAKKA

GRAUVAKKA (nem. grau — kulrang, Waske — gilli jins) — kam gʻovakli, zich donador, tarkibi oʻzgaruvchan choʻkindi togʻ jinsi. Magmatik va choʻkindi togʻ jinslarining turli mineral boʻlakchalaridan iborat. Kremniy yoki slaneslar bilan sementlanadi. Rangi odatda, toʻq kulrang, qora yoki toʻq yashil (sement tarkibidagi xlorid hisobiga) buladi. Grauvakka geosinklinal oblastlar uchun xos, kalin qatlamlar hosil qilgan. Oʻzbekistonning ChatqolQurama togʻlaridagi devon va toshkumir (karbon) davri yotqiziqlarida keng tarqalgan. Grauvakka qurilishda, sement tayyorlashda keng ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x