BOSHTUZI

BOSHTUZI — boshga taqiladigan ziynat buyumi, Xorazmdagina saqlanib qolgan taqinchoq. Kelinlar yakka holda peshonaga va juft holda chakkalariga taqqan. Boshtuzi shakli asosiga uchburchak joylashgan va uning asosidan yuqoriga tomon uchi dumaloq shaklda yakunlanuvchi oʻqustun chiqarilgan, uchburchak burchaklaridan boʻrtma, oʻqustundan yon tomonlariga 3 juft shoxchalar chiqarilgan, har bir boʻrtma va shoxchalarga, shuningdek uchburchak asosiga bargakli shokilalar osilgan. Uchburchak markaziga yirik va boʻrtmalarga kichik hajmli, atrofi feruza koʻzlar halqasi b-n oʻralgan tekis doiraga esa rangli shisha koʻzlar oʻrnatilgan. Tadrijiy rivojlanishida zardushtiylik maʼbudasi Anaxita obrazi bilan ramziy maʼnoga ega boʻlgan «hayot daraxti» mavzulari uygʻunlashib ketgan yagona anʼanaviy shakldagi taqinchoq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x