GRAND-OPERA

«GRAND-OPERA» (frans. Grand Opera — katta opera) , Musiqa v a raqs milliy akademiyasi — Parijdagi davlat opera va balet teatri. Yevropa musiqali teatr madaniyatining yirik markazlaridan. 1669-y. da «Qirol musiqa akademiyasi» nomida tashkil topgan. 1875-y. dan hoz. nomda. Teatrning tarixi fransuz opera va balet sanʼatining yuzaga kelishi hamda rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq. 17—18-a. larda «G.-o.» zaminida lirik fojia hamda opera-balet kabi milliy musiqali teatrning turlari (J. Lyulli, J. Ramo va b.), 19-a. boshida «katta opera» janri (D. Ober, J. Rossini, J. Meyer-ber) qaror topgan. 20-a. da «G.o.» teatri repertuaridan mumtoz opera va baletlar bilan birga zamonaviy kompozitorlar (R. Shtraus, I. Stravinskiy, M. Ravel, A. Onegger, F. Pulenk, A. Berg, S. Prokofyev va b.) asarlari keng oʻrin olgan. «G.-o.»da Fransiya va Yevropaning yetakchi xonandalari (M. Malibran, P. Viardogarsia, J. Grizi, A. Patti, E. Karuzo, F. Shalyapin, M. Kallas, T. Gobbi va b.), raqqos va raqqosalari (M. Talyoni, K. Grizi, A. Pavlova, V. Nijinskiy), baletmeysterlari (J. Nover, L. Petipa, S. Lifar, M. Bejar), dirijyorlari (E. Kolonn, P. Montyo, Sh. Myunsh) faoliyat kursatgan. Hoz. binosi 1875-y. da qurilgan, 1936-y. da qayta taʼmirlangan. Tomosha zali 2130 oʻrinli, ichki bezaklari nihoyatda hashamatli va koʻrkam. «G.o.» artistlaridan Franchesko va Patris Bartlar Navoiy nomidagi opera va balet teatri spektakllarida qatnashgan (1970, A. Adan, «Jizel»; P. Chaykovskiy, «Oqqush koʻli» va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x