GORMONAL PREPARATLAR

GORMONAL PREPARATLAR — tarkibida gormonlar yoki ularning sintetik analoglari boʻlib, gormonoterapiya uchun qoʻllaniladigan dorilar. Tabiiy Gormonal preparatlar asosan soʻyilgan molning ichki sekretsiya bezlaridan tayyorlanadi.

Gipofizning Gormonal preparatlari [adrenokor-tikotrop gormon (AKTG). AKTG — rux fosfat, xorion gonadotropini, prolaktin, intermedii, pituitrin, adiurekrin, oksitotsin, vazopressin] gipofiz, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlardan gormon chiQishi susayganda, kollagenoz, allergik kasalliklar va kuzning baʼzi kasalliklarida buyuriladi. Qalqonsimon bez G. p. i — tireoidin shu bez yetarli ishlamaganda, organizmni yogʻ bosganda, nevrozdaqoʻllaniladi. Qalqonsimon bez oldi bezlarining Gormonal preparatlari — paratireoidin tetaniya, spazmofiliya, allergik kasalliklarga davo qilishda buyuriladi. Meʼda osti bezining Gormonal preparatlari — insulin va uning preparatlari, shuningdek, sintetik preparatlar — butamid, xlorpromazin Qandli diabetga, lipokain esa jigar kasalliklari, ateroskleroz va b. kasalliklarga davo boʻladi.

Buyrak usti bezlari poʻstloq qavatining Gormonal preparatlari — kortizon, gidrokortizon, dezoksikortikosteron, shuningdek, sintetik Gormonal preparatlar — prednizolon, deksametazon, sinalar va b. (kortizon bilan gidrokortizonning analoglari) revmatizm, infeksion poliartrit, bronxiol astma, infeksion mononukleoz, neyrodermit, ekzema va b. teri kasalliklari, Addison kasalligi, buyrak usti bezlari poʻstloq qavatida gormonlarning yetarli ishlanib chiqmasligi, ge-molitik anemiya, glomerulonefrit, oʻtkir pankreatit va b. kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Ayol jinsiy gormonlarining Gormonal preparatlari 2 xil: estrogen Gormonal preparatlar — follikulin yoki estron, estradioldipropionat, etilestradiol, sinestrol, dietilstil-bestrol, dimestrol, oktestrol, sigetin tuxumdonlar faoliyati susayganda yoki butunlay gormon chikarmaganda, tugʻruq dardi va toʻlgʻoq yaxshi tutmaganda, ayolning koʻkragidan sut kelmay qolganda, shuningdek, erkak prostata bezining rakiga davo qilishda buyuriladi. Gestagen Gormonal preparatlar — progesteron, oksiprogesteron kapronati, pregnin sariq tananing yetarli ishlamasligiga aloqador kasalliklarni davolashda buyuriladi. Erkaklar jinsiy gormonlarin ing Gormonal preparatlari — androgen preparatlar (testosteron propionati, metiltestosteron) erkak jinsiy bezlari tuzuk ishlamaganda, erkak va ayollarning klimakteriy davrida, ayollar koʻkrak bezi rakini davolashda, tomir va nerv kasalliklarida, akromegaliyat buyuriladi.

Ad.: Mashkovskiy M. D., Lekarstvennыye sredstva, 13 izd., t. 2, T., 1998.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x