BAHRAYN

BAHRAYN, Bahrayn Davlati (Davlat al-Bahrayn) — Jan.-gʻarbiy Osiyoda, Fors qoʻltigʻining Bahrayn o. laridagi davlat (amirlik). B. tarki-biga 33 orol kiradi, ularning eng kattalari: Bahrayn. Muharrak, Umm-Naasan, Havar. Rasmiy tili — arab tili. Mayd. 695,2 km2, aholisi 650 ming kishi (1999). Asosiy aholisi arablar. Eroniylar, pokistonliklar, hindlar ham yashaydi.

Aholining 83% shaharlarda istiqomat qiladi. Islom diniga eʼtiqod etadi. Poytaxti — Manama sh.

Davlat tuzumi. Bahrayn — konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshligʻiamir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va bir palatali Milliy Kengash (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. 1973-y. mamlakat konstitutsiyasi krbul qilingan. 1973 — 75 y. larda konstitutsiyaga mu-vofiq Milliy Assambleya (parlament) chaqirildi, biroq u 1975-y. da amirning farmoni bilan tarqatib yuborildi. 1992 yla 40 kishidan iborat Maslaxdg Kengashi tuzilganligi zʼlon qilindi. Uning vazifasi — qonun loyihalari va mamlakat ijtimoiyiqtisodiy siyosatining turli sohalari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kengash tarkibini amir belgilaydi.

Tabiati. Orollar hududi pasttekislikdan iborat, uning bal. 135 m ga yetadi. Neft, tabiiy gaz konlari bor. Iqlimi tropik iqlimga yaqin. Yanv. oyining oʻrtacha harorati 16°, iyul oyining oʻrtacha harorati 37°. Yiliga 90 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Tropik saxgyular koʻp joyni egʻallagan.

Tarixi. Bahrayn nomi mil. av. 3mingyilliklardagi manbalarda tilga olinadi. U oʻzining marvarid-durlari b-n mashhur boʻlgan. 1521-y. Portugaliya mustamlakachilari tomonidan bosib olingunga qadar Bahrayn 8 asr mobaynida mustaqil arab musulmon davlati boʻlgan. Portugallar bu yerda uzoqtura olmadilar. 1602 — 1783-y. larda Bahrayn Eron hukmronligida boʻldi. 1820-y. va 1861-y. dagi Britaniya — B. bitimlaridan soʻng, u Britaniya imperiyasi izmiga oʻtdi, yaʼni uning mustam-lakasiga aylandi. 1971-y. da mustaqillikka erishdi. 1971-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-y. mayda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 16 dek. — Milliy kun (1971-y.).

Siyosiy tashkilotlari. Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarning faoli-yati taqiqlangan. Yashirin tarzda Bahrayn milliy ozodlik fronti (1959-y. da tuzilgan) va Bahrayn xalq fronti (1975) harakat qilmoqda.

Xoʻjaligi. Iqtisodiyotning asosini neft va gaz zaxiralari tashkil qiladi. Mamlakatda har yili 2—2,5 man. tonna neft va 6 mlrd. kub m gacha tabiiy gaz qazib olinadi. Davlat byudjetm daromadining 70%ga yaqini neft tufayli taʼminlanadi. Mamlakatda yiliga 14 mln. tonna neft mahsulotlarini qayta ishlaydigan z-d va yirik neft kimyosi kti (asosan, Saudiya Arabistoni nefti hisobiga ishlaydi), yiliga 200 ming t alyuminiy ishlab chiqaradigan z-d, dunyodagi eng katta kema taʼmirlash korxonalaridan biri, 11 elektr st-ya ishlab turibdi. 100 ga yaqin mayda va oʻrta yengil sanoat va hunarmandchilik korxonalari bor. Konditsionerlar yigiladigan, plastmassa buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladigan, dengiz suvi chuchuklashtiriladigan korxonalar mavjud. Asosiy sanoat markazlari: Manama, Muharrak, Xidd.

Q. x. suyet rivojlangai. Yalpi milliy mahsulotning 1% uning hissasiga toʻgʻri keladi. Xurmo. pista, moyli ekinlar, anjir, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talab, asosan, chetdan keltiriladigan mahsulotlar hisobiga qondiriladi. Dengiz hayvonlarini ovlash va marvarid qidirish rivojlangan. Keyingi yillarda byudjet tushumlarini koʻpaytirish maqsadida sayyohlikni ri-vojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chetga neft mahsulotlari, alyuminiy, neft kimyosi mahsulotlari chiqariladi; chetdan sanoat va q. x. asbob-uskunalari, transport vositalari, sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi. Avtomobil yoʻllari aholi yashaydigan manzillarni bir-biri bilan bogʻlaydi. Ularning uz. 2,6 ming km. Muharrak o. da xalqaro aeroport mavjud. Asosiy dengiz portlari — Manama, Sitra. Tashqi savdoda asosiy mi-jozlari — Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Avstraliya. Pul birligi — B. dinori.

Madaniyati. Bahraynda 6 y. lik boshlangʻich, 2 y. lik oraliq va 3 y. lik oʻrta umumiy taʼlim va hunar maktablari bor. Diniy maktablar ham ishlab turibdi.

Arab tilida «Al-ayyom» («Kunlar»), «Axbor al-Xolij» («Koʻrfaz yangiliklari»), «Al-Jamohir» («Jamoa»), «Al-Fajr» («Tong») gaz. lari, «Al-Bah-rayn» («Bahrayn»), «Sado al-Usbua» («Hafta aks sadosi») jur. lari nashr etiladi. 1976-y. da Fors qoʻltigʻi mam-lakatlari mintaqaviy axborot agentligi tashkil etilgan. 1955-y. dan radiost-ya arab tilida eshittirishlar olib boradi; 1973-y. dan telekoʻrsatuvlar yoʻlga qoʻyilgan.

Bahraynda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviatsiya kompaniyasining vakolatxonasi mavjud. Oʻzbekiston Xotin-qizlar koʻmitasi bilan tadbirkor xotin-qizlar uyushmasining delegatsiyasi 1992-y. may oy ila Manamadagi har yilgi xayriya yarmarkasida qatnashdi. U yerda oʻzbek ustalarining sanʼat va rangtasvir asarlari namoyish qilindi. Tashrif chogʻida Oʻzbekiston xotinkizlar qoʻmitasi bilan B. Ona va bola uyushmasi oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish haqida qoʻshma bayonnoma imzolandi.

1997-y. 17 — 22 fev. kunlari Bahrayn neft va sanoat vazirlign delegatsiyasi Toshkentda mehmon boʻlib, Oʻzbekistonning iqtisodiy va eksportimport imkoni-yatlari bilan tanishdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x