GONIT

GONIT (yun. gony — tizza) — tizza boʻgʻimining serozli, seroz-yiringli yoki yiringli yalligʻlanishi. Yiringlatuvchi kokklar, sil, soʻzak mikroblari va b. sabab boʻladi. Gonitda tizza qizaradi, sinovial parda shishib, boʻgʻim boʻshligʻida oldin seroz-fibrinoz, keyin yiringli suyuqlik yigʻiladi. Oʻtkir va surunkali xili bor. Oʻtkir Gonitda yalliglanish belgilari tez namoyon boʻlib, yaqqol koʻrinadi. Boʻgʻim qattiq ogʻriydi, kattalashadi, bemor oyogʻini qimirlata olmay qoladi. Surunkali Gonitda boʻgʻim shishib, funksiyasi buziladi, bir oz qizaradi, qiziydi va sal-pal ogʻriydi.

Gonitning dastlabki alomatlari sezilganda darhol vrachga murojaat etish va uning koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilish lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x