ARNASOY KOʻLLARI

ARNASOY KOʻLLARIMirzachoʻl b-n Sharqiy Qizilqum tutashgan joydagi koʻllar. Shim.-sharqdan jan.-gʻarbga choʻzilgan tektonik botiqda. Koʻllar tubining mutlaq bal. 250 m chamasida. Koʻllar vujudga kelgunga qadar uning oʻrni geomorfologik jihatdan Qizilqum kabi eol qum relyefidan iborat boʻlgan. Pastqamliklarni esa shoʻrxok va mayda koʻllar egallagan. 1969-y. da Chordara suv omboridan katta hajmda ortiqcha suvning chiqarib tashlanishi natijasida pastqamliklar suv bilan toʻlib bir necha koʻl vujudga keldi. Koʻllar oʻzaro tor oʻzanlar orqali tutashgan. Umumiy uz. 32 km, eng keng joyi 12 km, oʻrtacha chuq. 1 — 3 m. A. k. ga Markaziy Mirzachoʻl tashlamasi orqali shoʻr zovur suvlari ham kelib quyiladi (hajmi 1,6 — 1,8 km3), shoʻrligi 1 l da 4 — 5 g. Qishda Chordara suv omboridan maʼlum miqdorda suv oqiziladi, shuning uchun koʻl suvining minerallashuv darajasi unchalik yuqori emas. Arnasoy koʻllaridan ortiqcha suv tor yoʻlak orqali Aydar kuliga oqib oʻtadi. Koʻllar qamishzorlar bilan band. A. k. da suvda suzuvchi qushlar, tovon baliq, zogʻora baliq, laqqa baliq, sudak, leshch va b. baliqlar mavjud. Arnasoy koʻllarida baliq ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x