GOʻROʻGʻLI

GOʻROʻGʻLI (Koʻroʻgʻli) — folklor obrazi. «Goʻroʻgʻli» turkum dostonlarining bosh qahramoni. Oʻzbek xalq dostonlarida Goʻroʻgʻli yurt, xalq, adolat osoyishtaligi uchun kurashgan gʻoyatda jasur, xalq botiri sifatida taʼriflanadi. U oʻz davrida oddiy xalq orzu qilgan afsonaviy, erkin va farovon Chambil yurtini barpo etgan, uni ichki va tashki dushmanlarga karshi kurashuvchi botirlar yurtiga aylantirgan. Goʻroʻgʻlining qirq yigiti (Shodmonbek, Xoldorxon, Zamonbek, Xidirali elbegi va b.) turli elat va qabilalarning botirlari boʻlib, undan ibrat oladilar. Chambilning shuxratini oshiradilar. Goʻroʻgʻli obrazi xalqorasida mardlik, jasorat, el-yurt manfaati yoʻlida kurashuvchi yengilmas qahramon timsolidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x