BRAHMANIZM

BRAHMANIZM, barahmanlik — qad. hind dini. Veda dinmasosida mil. av. 1-ming yillikning boshida paydo boʻlgan. Brahmanizmning muqaddas adabiyotiga vedalar va ularga yozilgan juda koʻp sharhlar (brahmanlar, arnyaklar, upanishadlar) kiradi. Brahmanizmda veda dinidagi koʻpgina xudolarning taʼsiri deyarli yoʻqqa chiqib, asosan 3 xudo: Braxma, Shiva va Vishnu eʼtiborli hisoblangan. Brahma olamni yaratuvchi va boshqaruvchi, Vishnu — olamlarni saqlab qoluvchi va muhofaza qiluvchi, Shiva — hamma mavjudotni yakson etuvchi xudo deb tushunilgan. Brahmanizmda ilgarigi totemistik tasavvurlarning qoldigʻi sifatida hayvon (sigir, maymun)larni, ayrim oʻsimliklarni va b. ni ilohiylashtirish mavjud. Brahmanizmda butun borliq xayoliy boʻlib, jonli narsalar, jumladan inson ham qayta tirilish xususiyatiga ega deb qaralgan. Brahma belgilagan hayot meʼyorlari, qonunning bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab inson axloqiga baho berilgan. Brahmanizm taʼlimotiga koʻra, jonni xalos qilish, uni bundan keyingi qayta paydo boʻlishdan saqlab qolishning birdanbir yoʻli jonning Brahma bilan qoʻshilib ketishidir. Bunga erishmoq uchun Brahmaning ilohiy mohiyatini toʻla bilib olish, fikrni xudoga qaratish va tashqi olamdan butunlay voz kechish talab etilgan. Brahmanizm ijtimoiy hayotni, jumladan davlatni ham Brahmaning ijodi, davlat arboblarini esa inson qiyofasidagi xudolar deb hisoblar edi.

Mil. av. 6—5-a. larda buddizm vujudga keldi va Brahmanizmga qarshi kurash olib bordi. Buddizmga qarshi kurash jarayonida va uning bevosita taʼsirida Brahmanizm astasekin hinduizmta aylanib ketdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x