VOLGA-DON KEMA QATNOVI KANALI

VOLGA-DON KEMA QATNOVI KANALIVolga va Don daryolarini bogʻlovchi kanal. Suv yoʻlining uz. 101 km (shundan 45 km daryo va suv omborlaridan oʻtadi). Kanal 1948—52 y. larda kurilgan. V.-D. k. q. k. Volgogradning jan. qismidan boshlanib, Sarpa daryo vodiysi, Yergeni qirlari etaklari, Volga-Don suvayirgʻichi boʻylab, Chervlenaya daryosi vodiysiga chiqadi, soʻngra Varvara, Bereslav (Chervlenaya daryosida), Karpovka suv omborlari (Karpovka daryosida) orqali Kalach sh. yaqinida Simlyansk suv omboriga qoʻshiladi (Don daryosi shu yerda Simlyansk suv omboriga quyiladi). Kanalda Volga qiyaligida (20 km masofada) kemalarni 88 m balandlikka bosqichmabosqich koʻtarib beradigan bir kamerali 9 ta shlyuz, Don qiyaligida kemalarni Simlyansk suv omborigacha 44 m pastlikka bosqichma-bosqich tushirib beradigan 4 shlyuz qurilgan. Suv yoʻlining yuk tashishdagi ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x