GIPOTALAMUS

GIPOTALAMUS (gipo… va yun. thalamos — xona,) gipotalamik soha — miyadagi koʻruv boʻrtigʻining ostki qismi; unda vegetativ nerv sistemasining markazlari joylashgan; gipofiz bilan uzviy bogʻlangan. Gipotalamusda nerv hujayralarining 30 juftdan ortiq toʻplamlari — yadrolari bor. Shu nerv xujayralari vazopressin va oksitotsin degan hamda gipofizdan chiqadigan neyrogormonlarni, shuningdek, gipofiz taʼsirida gormonlarning ajralishini kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi rilizing-omillarni hosil qiladi. Ular gipofizga taʼsir koʻrsatadi va uni turli xil murakkab gormonlar ajratishga majbur etadi. Gipotalamus-raning salgina oʻzgarishini, organizmdagi qand, tuz, suv, gormonlar va b. moddalar miqdorining andak boʻlsada, oʻzgarishini sezadigan retseptorlar bilan taʼminlangan. Gipotalamus moddalar almashinuvini, yurak-tomir, ovqat hazm qilish, ajratish sistemalari va ichki sekretsiya bezlari faoliyatini, uyqu, sergaklik, x. ayajonlanish mexanizmlarini boshqaradi. Nerv va endokrin sistemalar oʻrtasida aloqa bogʻlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x