GIPERTRIXOZ

GIPERTRIXOZ (giper… va yun. thrichos — soch) , badanni ortiqcha jun bosishi, sertuklik — endokrin bezlar funksiyasining buzilishi natijasida badanni qalin tuk (jun) qoplashi yoki mutlaqo tuk boʻlmaydigan joylardan tuk chiqishi. Tugʻma va orttirilgan Gipertrixoz boʻladi, bolaning kafti, tovoni, oyoqqoʻl barmoqlarining ichki tomonidan tashqari, badanning hamma qismi mayin, uzun, nozik tuk bilan qoplanadi. Tuklar bir joyda (mahalliy, mas, yuzda) yoki badanning hamma qismida (tarqoq) uchrashi mumkin. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, shuningdek, issiq, mexanik va kimyoviy taʼsirotlar natijasida badanning maʼlum bir joyida tuklar koʻp oʻsadi. Butun badanning sertukligi, tabiatan kishi konstitutsiyasiga (mas, janubdagi baʼzi xalqlar sertuk boʻlishi) ham bogʻliq. Ustki lab, lunjlar, baʼzan engak va boʻyinda dagʻal tuk (soqol-moʻylov) oʻsishi mumkin (q. Girsutizm); baʼzan balogʻatga yetish yoki klimakteriya davrida ham kuzatiladi. Gipertrixoz yaqqol namoyon boʻlib, kishi husnini buzsa, kosmetolog-shifokorga koʻrinish, agar unga biror kasallik sabab boʻlsa, vaqtida davolatish zarur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x