GIPEREMIYA

GIPEREMIYA (giper… va yun. haima — qon) , qizarish — gavdaning maʼlum qismidagi arteriya yoki vena tomirlarining qonga toʻlishi. Tomir kengaytiradigan nervlarning taʼsirlanishi va tomir toraytiradigan nervlar faoliyatining susayishi natijasida nerv sistemasi funksiyasining buzilishi arterial Giperemiyaga olib keladi. Bunda zararlangan joyga koʻp qon oqib kelganligi uchun u qizaradi, shu joyda harorat koʻtariladi, hajmi kattalashadi. Kishi uyalganida yoki gʻazablanganida ham shunday qolat kuzatiladi. Yurak faoliyati buzilishi, venalar tiqilib qolishi, tomirlar innervatsiyayen buzilishi natijasida paydo boʻlgan venoz Giperemiyada zararlangan joy koʻkarib ketadi (sianoz), gohida shishadi. Baʼzan davolash maqsadida kompress, grelka va b. qoʻyilganda ham Giperemiya roʻy berishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x