GIPERTENZIYA

GIPERTENZIYA (giper… va lot. Tensio — kuchayish) — aslida kon tomirlari, organizm kovak aʼzolari, boʻshliqlari va toʻqimalarda gidrostatik bosimning ortishini anglatuvchi umumiy tushuncha. G. termini koʻproq kalla ichki bosimi va kon tomirlari (arteriya va vena) bosimi oshganda qoʻllaniladi (q. Gipertoniya kasalligi). G. holati ayrim kasalliklar belgisi boʻlishi yoki baʼzan shu aʼzolar bosimining muntazam ortishi, ular faoliyatining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Goho soglom kishilarda ham Gipertenziya kuzatiladi va hech qanday asorat qoldirmay, tezda oʻtib ketadi. Gipertenziyaning oldini olish uchun uni vaqtida aniqlab davolatish va unga sabab boʻladigan omilni bartaraf etish lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x