GIMNASIY

GIMNASIY (yun. gymnasion) — Yunoniston shaxarlari va ellinistik Sharkda davlat oʻquv-tarbiya muassasasi. Gimnasiy larning paydo boʻlgan vaqti haqida aniq maʼlumot yoʻq. Mil. av. 5—4-a. larda keng tarqalgan. Gimnasiy avval jismoniy mashqlar bilan shugʻullaniladigan maskan sanalgan. Keyinchalik yoshlarning musiqiy (akliy va estetik) hamda gimnastik (axloqiy va jismoniy) rivojlanishini taʼminlovchi, shu bilan birga birbirlari bilan muloqotda boʻlish markaziga aylangan. Gimnasiy davlat nazoratidagi maktab boʻlgan. Unga zodagon quldorlar oilasining palestra (Yunoni-stondagi 12—16 yoshli bolalarning gimnastika maktabini tugatgan 16 yoshli farzandlari qabul qilingan. Ular Gimnasiyda 18 yoshgacha gimnastika bilan shugʻullanishgan hamda adabiy, falsafiy va siyosiy taʼlim olishgan. Gimnasiyda taʼlim olayotgan bolalarning qanchalik chiniqqan, chidamli, sogʻlom, jismonan va ruhan baquvvatligi davlat tomonidan nazorat qilingan. Falsafa, adabiyot, siyosatga doir bilimlarni mamlakatdagi tanikli kishilar olib borishgan. Gimnasiylar ichida Platon oʻz shogirdlari b-n suhbat oʻtkazgan Akademiya va Aristotel tashkil etgan Likey (q. Litsey) mashxur boʻlgan. Gimnasiyni tugatgan yigitlar efebiya maktabida harbiy bilim olishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x