ABUMUSLIMNOMA

«ABUMUSLIMNOMA» — 10-11-a. larga oid jangnoma. Fors tilida yozilgan, keyinchalik arab, turkiy tillarga tarjima qilingan. Abu Muslim (Xuroson va Movarounnahr amiri) haqidagi rivoyat va afsonalardan iborat. Muallifi Abu Tohir Tarsusiydir. «Abumuslimnoma» qadimiy qissa uslubida yozilgan boʻlib, unda afsonaviy timsollar, 10 – a. da taraqqiy topgan sharqona er yigitlik (futuvvat, bagʻri kenglik) xususiyatlari va talablari oʻz aksini topgan. Asar Eron, Turkiya, ayniqsa, Turkistonda katta shuhrat qozongan. Turkistonda uning ayrim qismlari asosida mustaqil yirik asarlar («Zamchinoma» va b.) yaratilgan. «A». ning oʻzbek tilida nashr etilgan nusxalari (mas, «Abu Muslim jangnomasi», 1992) va b. ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x