GIDROTEXNIKA TUNNELI

GIDROTEXNIKA TUNNELI — ustki tuproq qatlamini qazib olmagan holda yer qobigʻiga quriladigan yer osti suv oʻtkazgichi. Gidrotexnika tunneli grunt (tuproq) ni qazib ochish qiyin boʻlgan, aholi zich joylashgan yoki oʻpirilib tushadigan tik nishabli yerlarga, suv oʻtkazgich chuqur joylashgan yerlarga quriladi. Vazifasiga koʻra, energetika, irrigatsiya, kema qatnovi, qurilish (gidrouzellarni qurishda vaqtinchalik suvni burish uchun) Gidrotexnika tunneli lariga boʻlinadi. Gidrotexnika tunneli kesim yuzining shakli va oʻlchamlari qurshab olgan togʻ jinslaridan chiqadigan suvning harakatiga, togʻning tik va yonlama bosimi qiymatiga qarab (oval, toʻgʻri toʻrtburchakli, teganasimon, taqasimon, doira) qabul qilinadi. Suv bosimi yuqori hududlardagi yirik gidrouzellar qurilishida Gidrotexnika tunneli bir necha bosqichli qilib quriladi. Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omboriga qurilgan Gidrotexnika tunnelining diametri 12 m, uz. 774 m.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x