BREY

BREY (Vgau) Jon Frensis (18091895) — ingliz iqtisodchisi, sotsial utopist, R. Ouen izdoshi. Vashingtonda ingliz emigranti oilasida tugʻilgan. 30-y. larda ishchilar harakatiga qatnashdi, shu paytning oʻzida chartistlar bilan ham yaqin aloqada boʻldi. Brey «Mehnatga munosabatdagi nohaqliklar va ularni bartaraf etish vositalari» asari (1839)da kapitalistik jamiyatning iqtisodiy isloh etish dasturini olgʻa surgan. Brey fikricha, i. ch. vositalariga xususiy mulkchilikni va unga asoslangan yollanma mehnat tizimini tovarpul munosabatlarini isloh etish, ayirboshlashda ekvivalentlikka aniq rioya kilish, shuningdek kapitalistik xoʻjalik yuritish shakllari oʻrniga ishchilar aksiyadorlik jamiyatlari barpo etish yoʻli bilan tugatish mumkin. Brey gʻoyalari keyinchalik P. J. Prudoning utopik sotsializm nazariyasida rivojlantirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x