GIDROSTATIKA

GIDROSTATIKA (gidro… va statika) — gidroaeromexanikanshg suyuqlik muvozanatini va unga botirilgan jismga sokin suyuqlikning taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. Asosiy masalalaridan biri suyuqdikda bosimning taqsimlanishi (tarqalishi)dir. Bosimning taqsimlanishini bilgan holda Gidrostatika qonunlari asosida suyuqlikka botirilgan jismlarga, mas, suv osti kemasiga, toʻgʻon devoriga sokin suyuqlik tomon i dan koʻrsatiladigan taʼsir kuchlarini hisoblash mumkin. Xususan, jismlarning suyuqlik sirtida va ichida suzish shartlarini, shuningdek suzayotgan jismlarning ustuvorlik shartlarini aniqlash lozim. Bu hol kemasozlikda muhimdir. Gidravlik press, gidravlik akkumulyator, suyuqlik manometri, sifon va b. mashinalar hamda asboblarning ishlashi Gidrostatika qonunlariga, xususan Paskal qonuniga asoslanadi. Gidrostatikaning asosiy qonunlaridan biri — Arximed konuni boʻlib, u suyuqdik va gazga botirilgan jismga taʼsir qiluvchi itarish kuchlari kattaligini belgilab beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x