BINAURAL EFFEKT

BINAURAL EFFEKT (bi… va lot. Auris — quloq) — tovush qabul qilish aʼzosi (quloq) orqali odam yoki hayvonlarning tovush chnqqan tomonni aniklay olish qobiliyati. Tovush manbaga yaqin tomondagi quloqqa tezroq eshitiladi, shuning uchun tovush toʻlqinining bosimi har ikki quloq kanalida faza va amplituda jihatdan farq qiladi. Bu farq yuksak chastotali tovush uchun katta boʻladi. Uzun toʻlqin (past chastotali) boshni aylanib oʻta olgani uchun past chastotada ikkala quloqqa eshitilgan tovush amplitudalarining farqi kichik boʻladi. Amplitudalar farqi 1 db dan ortiq boʻlsa, tovush manbai katta amplituda tomonda boʻladi. Binaural effektdan radiotexnika va kinotexnikada foydalaniladi. Tovush qabul qilgichlar orasidagi masofani oʻzgartirib, Binaural effektni kuchaytirish mumkin; mas, tovush pelengatorlarining ishi shunga asoslangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x