GIDROSFERA

GIDROSFERA (gidro… va sfera) — Yer kurrasidagi barcha suvokean va dengizlar, daryo, koʻllar va botqoqliklar, doimiy qorlik va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda yer osti suvi majmui. Koʻpincha, Gidrosfera deganda okean va daryolar tushuniladi, lekin bu — xato. Gidrosferaning umumiy hajmi 1491049 ming km3.

G. Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi — Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln. km2)ning 361 mln. km2 ni, yoki 71% ni Gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6% chasini egallab turadi. Yer kurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 mln. km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4% ini, quruqlik maydonining 14% ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod —85,8%, vodorod —10,8%, xlor va natriy — 2,95%. G. suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishda boʻladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x