BOLOHOVUZ MASJIDI

BOLOHOVUZ MASJIDI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik, tomonlari 11,5 m li murabba tarhli bino. B. m. ning katta gumbazli masjidi 1712-y., hovli va hujralari 19-a. da, ayvoni 1915—17 y. larda, masjid yonidagi alohida turgan minora ham shu yillarda Usta Shirin Murodov va usta Hafizovlar tomonidan qurilgan.

Bolohovuz masjidi qalqonsimon va murakkab boʻrtma naqshlar bilan bezatilgan. Mehrobiga nafis naqshlar ishlangan. Ganch shuvoqli peshtoq masjidning sharq tomonida boʻlib, boʻgʻot osti ganch naqshlar bilan bezatilgan. Peshtoqning yon tomonlariga ikki qavatli baland tokchali hujralar qurilgan. Bolohovuz masjidining 20 ta baland va ingichka yogʻoch ustunli ayvoni bor. Ayvonning yon devorlaridagi tokchalari nakshlar bilan bezatilgan. Bolohovuz masjidi m . da juma nomozi oʻqilgan. Masjidning ayvoni va qandil osilgan shipi ayniqsa serhasham. Registon maydoni tomonidan Bolohovuz masjidiga qaralsa peshayvoni, maydon yonboshidagi kichkina minorasi va oʻrtasidagi hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi. Hovuz qirgʻoklari yirik toshlar bilan zinapoyali qilib mustahkamlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x