GIDROLOGIK TARMOQLAR

GIDROLOGIK TARMOQLARsuv manbalari (daryo, koʻl, suv ombori, kanal)ning gidrologik rejimini oʻrganish maqsadida gidrologik kuzatishlar olib boradigan maxsus manzillar (gidrologik stansiya, gidrologik kuzatuv manzili) majmui. Oʻzbekistondagi Gidrologik tarmoqlarning asosiy qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi (Boshgidromet) tasarrufida. Umumdavlat Gidrologik tarmoqlardan tashqari ayrim muassasalar (mas, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va b.) ga qarashli aniq maqsad va vazifalarni koʻzlab ish yuritadigan gidrologik st-ya va kuzatuv manzillari mavjud. Oʻzbekistan hududida dastlabki gidrologik manzil 1896-y. Norin daryosi (Uchqoʻrgʻon yaqini) da tashkil etilgan. 1901-y. dan Chirchiq daryosi (Xoʻjakent qishlogʻi yaqini)da, 1913-y. dan esa Amudaryo (Nukus yaqini) da tashkil etilgan manzillarda Doimiy gidrologik kuzatishlar olib boriladi. Kuzatish manzillari soni yil sayin ortib bordi. 2000-y. da 120 dan ortiq gidrologik st-ya va kuzatuv manzili ishladi. Yuza suvlarning sifatini kuzatish ham Gidrologik tarmoqlar (70 ta daryo va soyda, 11 ta suv omborida, 114 ta kuzatish joyi)da amalga oshiriladi. Ularda 65 gidrokimyoviy va 3 gidrobiologik koʻrsatkichlar aniqlanadi (2000). Gidrologik tarmoqlarda toʻplangan maʼlumotlar ayrim tabiiy yoki maʼmuriy hududlar suv zaxiralari miqdorini va sifatini baholashda hamda ulardan samarali foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x