GIDROFON

GIDROFON (gidro… va fon) — suv ostida tovush tebranishlari va ultratovush (UT) signallarini qabul qiladigan va ularni elektr tebranishlarga aylantiradigan kurilma. Suv ostidagi signallarni tutish va shovqinlarni eshitish, suv ostida masofalarni oʻlchash maqsadlarida qoʻllaniladi, yoʻnaltirilgan gidroakustik antennaning bir qismi hisoblanadi. Elektrodinamik, pyezoelektrik va magnitostriksion effektlarga asoslangan Gidrofon lardan keng foydalaniladi. Gidrofonning eng muhim koʻrsatkichi — sezgirlik; uning sezgir elementlari (oʻzaklari) yupqa plastinalardan yigʻiladi. Gidrofon gidroakustik qurilmalar (gidrolokator, shovqin pelengatorlari, akustik mina portlatgichlar va b.)da ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x