GIJJAGA QARSHI DORILAR

GIJJAGA QARSHI DORILAR — gelʼmintozlarning organizmdagi gijjalarni yoʻqotish maqsadida ishlatiladigan dorilar. Ular koʻpincha gijjaning turiga qarab buyuriladi, mas, enterobioz va askaridozni davolash uchun pirantel (kombantrin, gelmintoks), vermoks, sitraks, dekaris (levamizol)dan foydalaniladi. 200—300 g qovoq urugi ham yaxshi naf beradi. Gimenolepidoz va b. tasmasimon gijjalarga qarshi fenasal preparati ichiladi; keyin tozalovchi huqna qilinadi. Yuqoridagi dorilarni ichish tartibi (nahorda, kechqurun yotish oldidan, ovkatdan oldin yoki keyin) va miqdorini vrach belgilaydi; bular koʻpincha preparatning yorligʻida ham koʻrsatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x