GEYDELBERG

GEYDELBERG, Xaydelberg — Germaniyadagi qad. shahar, Baden-Vyurtemberg yerida. Nekkar daryosining Reynga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 139 ming kishi (1990-y. lar oʻrtasi). Stanoksozlik, poligrafiya sanoati uchun uskunalar, elektrotexnika, farmatsevtika, tamaki, koʻn-teri sanoati korxonalari, bosmaxona bor. 1386-y. dan Geydelberg universitetы mavjud. Kurfyurstlar qasri (13—17-a. lar) va 15 — 18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqdangan. Turizm rivojlangan. Geydelberg manbalarda ilk bor 1196-y. da qayd etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x