GDINYA

GDINYAPolsha shim. dagi shahar. Gdansk voyevodaligida; Boltiqdengazi boʻyidagi port. Sopot va Gdansk sh. lari b-n Truymyasto sh. aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Aholisi 252 ming kishi (1990-y. lar oʻrtasi). 1924-36 y. larda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik port qurilishi munosabati bilan shahar tez oʻsdi. Yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t. G. orqali chetga koʻmir chiqariladi; chetdan rudalar, neft mahsulotlari keltiriladi. Sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik, asosan kemasozlik va oziq-ovqat sanoati (baliq, yogʻ, goʻsht va b.) rivojlangan. Baliq ovlash bazasi. Oliy dengiz va harbiy dengiz oʻquv yurtlari, dengizdan baliq ovlash ilmiy tadqiqot in-ti, okeanografiya, harbiy dengiz muzeylari va dengiz akvariumi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x