GERODOT

GERODOT (yun. Herodotos) (mil. av. 490 va 480-y. orasi, Kichik Osiyoning jan.-gʻarbidagi Galikarnas — mil. av. taxm. 425, Afina yoxud Furiya, Jan. Italiya) —«tarix otasi» deb nom olgan yunon tarixchisi. Yoshligida mustabid hokimiyat (tiraniya)ga qarshi faol kurashgan va Galikarnasda shunday hokimiyat oʻrnatilgach, vatanini tark etishga majbur boʻlgan. Bir necha vaqt Samos o. da yashagan. Mil. av. taxm. 455—447-y. larda butun Kichik Osiyo, Misr, Bobil, Finikiya, Kirena, Yunonistonning Bolqondagi shaharlari. Qora dengiz sohillari boʻylab (Olviya sh. gacha) sayohat qilib, skiflar haqida maʼlumot toʻplagan. Uzoq muddat Afinada yashagan; G. ning Afina demokratiyasining yoʻlboshchisi Periklta yaqinligi uning siyosiy qarashlariga kuchli taʼsir qilgan. Gerodot taxm. 443-y. Afinadan Furiyaga koʻchib oʻtgan.

Gerodotning asari shartli ravishda «Tarix» deb nom olgan boʻlib, yunonlar tarixining eng muhim siyosiy voqeasi — yunonfors urushlari (mil. av. 500—449-y. lar) ga bagʻishlangan. Keyinchalik aleksandriyalik olimlar Gerodot asarini muzalar soniga karab 9 kitobga ajratganlar, har bir kitob muzalardan birining nomi bilan atalgan. Gerodot «Tarix»ining asosiy gʻoyasini yunon dunyosining sharqdunyosi bilan kurashi tashkil qiladi. G. Lidiya, Midiya. Axomaniylar davlati tarixi, tabiiy sharoiti va murakkab hayoti, aholisining oʻtmishi, dini, oʻziga xos urf-odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik b-n bayon etib, tarixiy voqealarni keng taxlil qilgan. Asarning 5-kitobida Gerodot oʻzining asosiy maqsadi — yunon-fors urushlari tarixini bayon qilishga kirishgan. Antik adabiyotda birinchi boʻlib skiflarning hayoti va turmush tarzlari Gerodot asarida tadrijiy suratda bayon etilgan. Xususan G. Oʻrta Osiyoda yashagan massagetlar haqida batafsil maʼlumotlar keltirib, massagetlar malikasi Toʻmarisning axomaniylar podshosi Kir II bilan boʻlgan jangini yuksak mahorat bilan bayon qilgan.

As: Rus. per. — Istoriya v devyati knigax, L., 1972.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x