BOTQOQLANISH

BOTQOQLANISH, tuproq botqoqlanishi — tuproqning yer usti yoki grunt suvlari bilan ortiqcha namlanishi natijasida paydo boʻladigan jarayon. Bunda tuproqda anaerob sharoit vujudga keladi, gleylanish belgilari roʻy beradi, yarim chirigan oʻsimlik qrldiklari yigʻilib boradi, suvhavo rejimi oʻzgaradi. Asosan, atm. yogʻinlari bugʻlanishdan ustun boʻlgan zonalarda tarqalgan. Arid zonada Botqoqlanish sof holda kam uchraydi; aksariyat tuproq shoʻrlanishi bilan birga yuz beradi, natijada ekinlar yaxshi rivojlanmaydi va nobud boʻladi. Botqoqlanish tabiiy va sunʼiy sabablarga koʻra yuz beradi. Tabiiy sabablar: grunt suvlarining oqib ketishini qiyinlashtiradigan relyef xususiyatlari va geologikgidrogeologik sharoitlar mas(, Fargʻona, SurxonSherobod vodiylaridagi quyi terrasalar, tekis hudud va botiqdardagi daryolarning qayir terrasalari); toshqinlar natijasida yerlarni suv bosishi; suvning daryo va qoʻllardan sizishi va sh. k. ; insonning xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan sunʼiy sabablar — grunt suvlarining oqib ketishi tabiiy qiyin boʻlgan yerlarni drenajlar qurmasdan sugʻorish; sugorish va shoʻr yuvishda meʼyordan ortiqcha suv berish; kanal va suv omborlaridan siziladigan suvlar hisobiga yerlarni muntazam zax bosishi, yer usti suvi okimlarining tartibga solinmaganligi; sugʻorish va kollektordrenaj tarmoqlarining qoniqarsiz holati va b. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan zonal arid a yerlarning katta qismi (deyarli 35—50%) da u yoki bu darajada Botqoqlanish xavfi mavjud. Yerlarni Botqoqlanishdan saqlash maqsadida kollektordrenaj tarmogʻi quriladi. Botqoqlanishga qarshi kurashish uchun agrotexnik, meliorativ va ekspluatatsion kompleks choratadbirlar oʻtkaziladi, yaʼni daraxtzorlar barpo etiladi, koʻp yillik oʻtlar bilan almashlab ekish joriy qilinadi; sugʻoriladigan maydonlar toshqin va muz tikinlari davrlarida suv bosishdan sakdanadi, shoʻr yerlarni yuvish texnologiyasiga rioya qilinadi; drenaj va suv tashlash tarmoqlarining optimal zichligi taʼminlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x