BODOQSOY

BODOQSOYToshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining chap irmogʻi. Piskom tizmasining shim. gʻarbiy yon bagʻridagi 3150 m balandlikdagi muzliklardan boshlanadi. Uz. 12 km, havzasining mayd. 5,4 km2, havzasining oʻrtacha bal. 2440 m. Umumiy uz. 8 km boʻlgan 4 ta mayda irmogi bor. B. muzliqdan tashqari qor, yomgʻir va buloq suvlaridan ham toʻyinadi. Bodoqsoyda yil davomida suv oqadi, oʻrtacha yillik suv sarfi 1,2 m3/sek. Suvi koʻpayganda (apr. —iyunda) suv sarfi 5,6 m3/sek gacha yetadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x