GEMPSHIR QOʻY ZOTI

GEMPSHIR QOʻY ZOTI — yarim mayin junli qoʻy zoti. 19-a. ning 1-yarmida Buyuk Britaniyadagi Xempshir (Gempshir), Uiltshir va b. grafliklarda mahalliy dagʻal junli va duragay qora boshli qoʻylarni sautdaun zotlari bilan chatishtirib chiqarilgan. Qoʻchqorlarining gavdasi yirik, shoxi yoʻq, ogʻirligi 100—110 kg, sovliqlarini-ki 65—70 kg. Jun tolasi uz. 8—10 sm (asosan trikotaj mahsulotlari tayyorlanadi, qoʻzilarining juni juda qadrlanadi). Qoʻchqorlari 5—6, sovliqlari 3—4 kg jun beradi. Har 100 qoʻydan 120—140 qoʻzi olinadi. Qoʻylari tez yetiladi. Gusht yetishtirish uchun 9—11 haftalik qoʻzilari soʻyiladi (15—16 kg). Bu zot Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH va b. mamlakatlarda boqiladi. MDHda ayrim qoʻy zotlarini chiqarishda Gempshir qoʻy zotidan foydalanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x