BICHURIN

BICHURIN Nikita Yakovlevich (Iakinf) (1777.29.8, hoz. RFning Chuvashiya muxtor respublikasi Cheboksari tumani —1853.11.5, Peterburg) — xitoyshunos. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1828-y. dan), 14 yil (1807—21) Pekindagi rus liniy missiyasini boshqargan. Rossiya Tashki ishlar vazirligida tarjimon boʻlib ishlagan. Bichurinning ilmiy ishlari moʻgʻul va turkiyzabon xalklar tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga oid. Uning Turon xalqlari qad. tarixiga bagʻishlangan «Qadimgi davrda Oʻrta Osiyoda yashagan xalklar haqida maʼlumotlar toʻplami» nomli uch qismdan iborat asari katta ilmiy qimmatga ega.

As: Sobraniye svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, t. 13, M. L., 1950-53.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x