GEMMOLOGIYA

GEMMOLOGIYA (gemma va…logiya) — javohirlar (qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar)ni oʻrganuvchi fan. Qadimda javohirlar va ulardan ishlangan buyumlar Yevropada gemma deb atalgan. Baʼzi olimlar Gemmologiyani mineralogiyaning bir sohasi deb hisoblaydilar. Gemmologlar fikricha, Gemmologiya mustaqil fan. Gemmologiya javohirlarning fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, bezaklik fazilatlari, konlari minerageniyasi, ishlov berish texnologiyasini, shuningdek tayyorlangan buyumlarning bozor narxlarini belgilash, ularga boʻlgan ehtiyojning oʻzgarib turish qonuniyatlarini, javohirlarni sunʼiy ravishda tayyorlashni oʻrganadi.

Dunyoning koʻp mamlakatlarida (asosan AQSH, Angliya, Germaniya, Yaponiya) G. intlari, birlashmalari, uyushmalari, lab.

lari mavjud. Maxsus «Gemmologiya» jurnali nashr qilinadi (AQSH, Yaponiya). Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekiston hududida qimmatbaho toshlar xossalarini oʻrganish va ulardan zargarlik buyumlari yasash mil. av. 1-ming yillikdan maʼlum. Abu Rayhon Beruniy «Mineralogiya» asarida javohirlarning paydo boʻlishi, ularning fizik, kimyoviy xossalari haqida yozgan. Gemmologiya asosan 20-a. boshlarida mineral xom ashyolarni tekshirishning yangi usullari (qutbli optika, rentgen strukturali tahlil, spektrometriya va b.) qoʻllanila boshlangandan soʻng tez shakllandi. Gemmologiyaning rivojlanishida Rossiyada A. Ye. Fersman, G. P. Barinov va b. ning qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi asarlari muhim rol oʻynadi. Oʻzbekistonda hozir amaliy Gemmologiya taraqqiy etgan boʻlib, oʻzbek zargarlarining ishlarida oʻz ifodasini topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x