GEMANGIOMA

GEMANGIOMA (yun. haima — qon, angeion — tomir) — qon tomirlarining xavfsiz oʻsmasi. Koʻpincha yosh bolalarda tomirning tugʻma ortiqcha tarmoqlaridan rivojlanadi. Bola tugʻilgan zahoti yoki sal oʻtgandan keyinroq koʻzga tashlanadi, baʼzida yoshi kattalarda ham kuzatiladi. Tananing turli sohalarida, koʻproq lab, yuz va boʻyinda uchraydi. Bola oʻsgan sayin Gemangioma ham kattalashadi va hiylagina joyni egallab oladi. Oʻz vaqtida davolanmasa, boshqa aʼzolarga oʻtishi mumkin. Gemangioma teri va shilliq qavatda, muskul, biriktiruvchi toʻqima va suyaklarda, shuningdek jigar, buyrak va b. aʼzolarda ham boʻladi. Jarroxlik yoʻli bilan oʻsma olib tashlanadi (yana q. Angioma).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x