GAZ TARMOGʻI

GAZ TARMOGʻIyoqilgʻi sifatida ishlatiladigan gazlarni tashish va isteʼmolchilarga tarqatish uchun moʻljallangan gaz quvurlari, inshootlari va qurilmalari majmui (tizimi); aholi yashaydigan punktlarni gaz bilan taʼminlash tizimining tarkibiy qismi. Shahar G. t. har xil diametrli va bosimli gaz quvurlaridan; gaz bosimini pasaytirish uzellari — gaz tartiblash punktlari (GTP) va gaz taqsimlash styalari (GTS)dan; asboblarga kelayotgan gaz bosimini doimiy tutib turadigan individual rostlagichlardan; gaz omborlari; (gazgolderlar)dan iborat boʻladi. Gaz tarmogʻi bosimni oʻlchash asboblari; avtomatika, aloqa va ogohlantirish (signalizatsiya) qurilmalari, zulfinlar b-n jihozlanadi. Vazifasiga qarab, Gaz tarmogʻining tarqatish va kiritish xillari boʻladi. Tarqatish Gaz tarmogʻi gazni GTP va qilinadigan joyga berish uchun xizmat qiladi. Kiritish Gaz tarmogʻi gazni bevosita isteʼmolchilarga beradigan bino va inshootlarga gaz berish uchun moʻljallanadi. Shahar Gaz tarmogʻi boʻyicha gaz muayyan bosimda, yaʼni 0,05 kgk/sm2 (5 kN/m2)dan 12 kgk/ sm2 (1200 kN/m2) gacha bosimda beriladi. Aholi yashaydigan punktlarda Gaz tarmogʻi odatda berk halqa-simon tizim tarzida tashkil qilinadi. Bu tizim gaz taʼminotining uzluksizligini taʼminlaydi. Gaz quvurlari yer ostidan ham, yer ustidan ham oʻtkazilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x