GAROVXONA

GAROVXONA, lombard — garovga qoʻyilgan muayyan buyumlar evaziga maʼlum muddatga pul (mablagʻ) berib turadigan muassasa. Buyumning qiymati tomonlarning kelishuviga koʻra baholanadi, garovga qoʻyilgan buyum egasiga nomi yozilgan Garovxona tilxati beriladi. Olingan pul oʻz vaqtida qaytarilmasa, qoʻyilgan buyum Garovxona mulkiga aylanadi va Garovxona qoʻyilgan buyumlarni sotishga haqdi. Shuningdek, Garovxona qimmatbaho uy-roʻzgʻor buyumlarini saqlab berish uchun ham qabul qiladi. Garovxonaga buyumlar faqat mablagʻ olish uchun emas, baʼzan mazkur buyumning ishonchli saqlanishini taʼminlash uchun ham qoʻyiladi. Buyumlarni garovga qoʻyib kredit berish birinchi marta 15-a. da Fransiyaning Lombardiya viloyatidan chiqqan sudxoʻrlar tomonidan joriy etilgan («lombard» soʻzi ham shundan kelib chiqqan). Oʻzbekmstonda ham Garovxonalar faoliyat koʻrsatadi. Mas, Toshkent sh. garovxonalar birlashmasi (birlashma tarki-bida 3 G. mavjud, 1966-y. da tashkil etilgan) ishlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x