Bahorday tez kelib-ketding sen,
Garchi menga tutqazding armon.
Garchi alam gʻolib kelgan kun
Koʻzlarimga koʻrinding yomon.
Garchi koʻnglim zardobga toʻlib,
Sendan butkul yuzim bursam ham,
Sen baribir goʻzalsan, gulim,
Sen baribir yaxshisan, erkam.
Orif Tolib
2011
https://saviya.uz/ijod/nazm/garchi/