GAPTENLAR

GAPTENLAR (yun. hapto — oʻzaro taʼsirlashish) — antigenlik xususiyatiga toʻla ega boʻlmagan kimyoviy moddalar. Ular tegishli antpitelolar yoki limfotsitlar bilan oʻziga xos oʻzaro taʼsirlashish xususiyatiga ega. Toʻla qiymatli antigenlardan oʻzi mustaqil holatda immun javob qaytara olmasligi bilan farq qiladi. Gaptenlarni aksariyat oqsillar bilan bogʻlab, ularga immunogenlik berish mumkin. Hayvonlar organizmiga bunday kompleks yuborilganda antitelolar hosil boʻladi. Har xil tabiatli moddalar — aminokislotalar, peptidlar, saxara, polisaxaridlar, nukleotidlar, nuklein kislotalar, lipidlar, steroidlar, vitaminlar, antibiotiklar va b. G. ga misol boʻla oladi. Allergenlar deb ataladigan baʼzi Gaptenlar organizmga kirib, toʻqimalar oqsillari b-n birikkach, allergiya paydo qilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x