GANNOVER

GANNOVER — Germaniyadagi shahar, Leyn daryosi boʻyidagi port, Quyi Saksoniya yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 517 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. va havo yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Sanoat va moliyasavdo markazi. Mashinasozlik, xususan transport mashinasozligi, elektrotexnika, rezina, rangli metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Gannover atrofi GFR dagi yirik neft olinadigan r-n. G. da har yili xalqaro sanoat yarmarkalari oʻtkaziladi. Shaxarda texnika, veterinariya, ped. oliy oʻquv yurtlari, musiqa va teatr akademiyasi, metropoliten, un-t, opera teatri, muzeylar va b. mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Eski ratusha (1413-55) va Leybnis uyi (1648-52) bor. Gannover 12-a. dan maʼlum. 1866-y. dan 1945-y. gacha Prussiyadagi Gannover provinsiyasining maʼmuriy markazi boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x