GANDBOL

GANDBOL (nem. hand – qoʻl, ball – toʻp) , qoʻl toʻpisport oʻyini. 19-a. oxirida Yevropada paydo boʻlgan. Daniyalik Xalger Nilson ixtiro etgan (1898). Gandbol uchun kattaligi 40×20 m li maydon kerak; ogʻirligi 325—475 g, aylanasi 54—58 sm boʻlgan charm toʻp bilan oʻynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, bal. 2 m boʻlgan darvozalar oʻrnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 oʻyinchi qatnashadi. Oʻyinchi toʻp bilan faqat 3 qadam qoʻyishi va uni qoʻlida 3 sek. gacha tutib turishi mumkin. Oʻyin 2 boʻlimdan iborat boʻlib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 min. davom etadi. Xalqaro Gandbol federatsiyasiga (IHF; 1946-y. asos solingan) 106 mamlakat aʼzo. 1972-y. dan erkaklar, 1976-y. dan ayollar Gandboli Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1938-y. dan erkaklar oʻrtasida, 1956-y. dan ayollar oʻrtasida jahon birinchiligi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda Gandbol 1923—24 y. larda paydo boʻlib, birinchi musobaqa 1926-y. da Toshkentda oʻtkazilgan. 1991-y. Oʻzbekiston Respublikasi G. federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida Gandbol boʻyicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991-y. dan Oʻzbekistan chempionata muntazam oʻtkaziladi. Oʻzbekiston G. chilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-oʻrinni egalladi va Germaniyada oʻtkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni M. Vasilyev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va b. ning Gandbol rivojlanishida katta hissasi bor.

2.5 2 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x