BOʻTQA

BOʻTQA — turkiy xalqlar orasida qadimdan maʼlum boʻlgan quyuq taom; asosan don (bugʻdoy, joʻxori, soʻk, guruch, manniy yormasi, gerkules va b.) dan suv yoki sutda quyilguncha qaynatib tayyorlanadi. Xolim, shovla, shirguruch, moshkichirikyabn taomlar ham Boʻtqa turkumiga kiradi. Boʻtqaga dondan tashqari goʻsht, sabzavot, ziravorlar ham ishlatiladi. Boʻtqa kishi organizmida oson hazm boʻladi. Yuqori toʻyimlilik xususiyatiga ega. Shuning uchun Boʻtqa keksalar va bolalarga doimiy ovqat oʻrnida koʻproq beriladi. Tayyorlanishiga koʻra B. bir necha turlarga boʻlinadi: mas, bugʻdoy B., (halim), joʻxori B., soʻk B., guruch B. va b. B. tayyor boʻlgach, ustiga piyozdogʻ yoki sariyogʻ quyilib dasturxonga tortiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x