GAMBURG

GAMBURG — Germaniyadagi yirik shahar va port. Quyi Elbaning har ikki sohilida, daryoning Shimoliy dengizga quyilish joyidan 110 km yuqorisida. Maʼmuriy jihatdan Gamburg yerini tashkil etadi. Mayd. 755 ming km2. Aholisi 1,7 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari).

Gamburg 9-a. dan qalʼa sifatida maʼlum. 831-y. dan yepiskoplik, 834—845-y. larda arxiyepiskoplik markazi. 12—13-a. lar-da oʻzini oʻzi boshqarish huquqiga erishgan. 1510-y. dan imperiyaning erkin shahri. 16-a. da Yevropadagi yirik portlardan. 1815-y. da Germaniya ittifoqi tarkibiga erkin shahar sifatida kirgan. 2-jahon urushi arafasida G. Porti orqali Germaniyaning 1/2 eksporti va importi oʻtgan. Urushdan keyin Gamburg Angliya okkupatsiya qilgan zonada qolgan, 1949-y. dan GFR tarkibida.

Gamburg — t. y., avtomobil va havo yoʻllari tuguni, mamlakatda suv yoʻllari kesishgan markaz sifatida ahamiyati katta. Xalqaro aeroport va metropoliten bor. 2/3 qismi Gamburg hissasiga toʻgʻri keladi. Portida yiliga 60 mln. t yuk ortib tushiriladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: elektrotexnika, oziq-ovqat, umumiy mashinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik (A 321 aerobuslari ishlab chiqariladi), kosmonavtika, aniq mexanika, optika, kimyo, mis sanoati, neftdan mahsulotlar olish, koʻn, mebel, toʻqimachilik. Gamburg — muhim bank va xizmat koʻrsatish markazi. Gamburg fond birjasi Yevropaning eng qad. birjalaridan (1558-y. da tashkil etilgan). Har yili turli xalqaro ixtisoslashgan yarmarkalar oʻtkaziladi.

Un-t (1919), Oliy musiqa va tasviriy sanʼat maktabi, yadro tadqiqotlari intlari bor. Gamburg — kino sanʼatining markazi. Opera teatri (1678), badiiy muzey, etn. va ibtidoiy tarix muzeyi, sanʼat va hunarmandchilik muzeyi va b. mavjud. Gamburgda meʼmoriy yodgorliklardan Katarinenkirxe (14-a. oxiri — 15-a. boshi), Yakobikirxe (14-a.), Mixaeliskirxe (1750—62, «Katta Mixel» minorasi b-n, bal. 132 m) cherkovlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x