GALOFILLAR

GALOFILLAR (yun. hals — tuz va… fil) — oʻta shoʻrlangan muhitda hayot kechiradigan organizmlar. Galofillarga asosan 30%o dan kam boʻlmagan shoʻrlanishda hayot kechiradigan stenogalin dengiz hayvonlari — nurlilar, foraminiferalar, korall poliplar, ssifoid meduzalar, korall riflarida yashovchi hayvonlar — koʻpchilik ninaterililar, boshoyoqli mollyuskalar, bir qancha qisqichbaqasimonlar, koʻp tukli halqali chuvalchanglar va mikroorganizmlar kiradi. Galofillar guruhiga materikdagi shoʻrlanish 24%o dan 100%o, hatto 300%o gacha boʻlgan suv havzalarida yashaydigan hayvonlar, mas, qisqichbaqasimonlardan artemiya, qonsoʻrar chivin (Aedes togoi) qurti va b. kiradi. Galofillar osmoregulyatsiya orqali tanasidagi osmatik faol moddalar konsentratsiyasini doimiy, yaʼni ular yashaydigan dengiz suvidagiga nisbatan past darajada saqlab turadi. Kuchli shoʻrlangan va shoʻrxok yerlarda oʻsadigan oʻsimliklar galofitlar deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x