BIRJONIY

BIRJONIY — Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn alHusayn (?—taxm. 1525) — falakiyotshunos va huquqshunos olim. Ulugʻbek akademiyasi vakillaridan biri. Birjoniy mat. dan inoq sonlarga bagʻishlab «Doʻstlarga doʻst sonlarni tushuntirish uchun qoʻllanma» nomli asar, Naysaburiy (14-a. boshi) ning «Hisob haqida quyosh risolasi»ga, Ulugʻbekning «Ziji»ga, N. Tusiyning «AlMajistiyning bayoni», «Usturlobni bilish haqida yigirma bob» asarlariga, Qozi Zoda Rumiyning «Astronomiya»ning qisqacha bayoni» asariga sharh yozgan. Birjoniyning astronomiyaga oid «Astronomiya haqida risola», «Kuzatishlarni qisqacha tushuntirish», «Taqvim haqida yigirma bob» kabi asarlari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x