GALIULLINA Fatma Qosimovna

GALIULLINA Fatma Qosimovna (1969.30.5, Chirchiq sh.) — velopoyga boʻyicha jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi. 1983-y. dan velosiped sporti bilan shugʻullanadi. 1986-y. dan Oʻzbekistan Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy sport klubida xiz-mat kiladi. Italiya, Fransiya, Germaniya, Avstriya, Koreya va b. mamlakatlarda oʻtkazilgan nufuzli xalqaro musobaqalar qatnashchisi. 1997-y. Ipoh sh. da (Malayziya) oʻtkazilgan 25 km ga shaxsiy poygada jahon chempioni boʻlgan (36 min.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x