GALDIROVOʻT

GALDIROVOʻT (yuqori oqimida Quruqgaldirovoʻt) — Jizzax viloyati Zomin tumaniyaat soy, Zominsuvning oʻng irmogʻi. Turkiston tizmasining shim.gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushadi. Uz. 30 km, havzasining mayd. 61,6 km2. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Suv sarfi oylar, fasllar boʻyicha kam oʻzgaradi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 66 l/sek. Baʼzan yomgʻir koʻp yogʻgan vaqtlarda toshadi va suv sarfi 5,0 m3/ sek ga yetadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x