GʻOZONXON

GʻOZONXON (1271-1304) – hulokuiylar sulolasidan boʻlgan Eron hukmdori (elxoni) (1295—1304). Oʻsmirlik chogʻidayoq Xuroson noibligiga tayinlangan; 1295-y. elxon Bayduga qarshi isyon koʻtarib taxtni egallagan. Buddaviylik taʼlimini olgan, lekin Eron zodagonlari va ruhoniylari, koʻchmanchi moʻgʻul zodagonlarining koʻmagiga ehtiyoj sezgan Gʻ. Islomni qabul qilgan va uni qaytadan davlat diniga aylantirgan. 1299—1303-y. larda Gʻ. Suriyaga 3-marta harbiy yurish qilgan.

Moʻgʻullar istilosi va dastlabki elxonlar siyosati natijasida vayron boʻlgan mamlakat iqtisodini qayta tiklash maqsadida Gʻozonxon vaziri Rashi-duddin yordamida bir qator islohotlar oʻtkazgan (soliq islohoti — soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq undirilishi ustidan nazorat oʻrnatish; yagona oʻlchov birliklarining joriy qilinishi, sud isloho-ti; tashlandiq yerlarni obod qilish uchun imtiyozli shartlar bilan mulkdorlarga berish). Gʻozonxon harbiy xizmatga jalb etilgan barcha moʻgʻullarga iqto ajratish haqida farmon chiqargan (1303-y. yorligʻi); dehqonlarni yerga biriktirilishi va b. yerga oʻtishini man etuvchi moʻgul xonlari tomonidan joriy etilgan farmonni tasdiklagan. Gʻozonxon davrida kanallar qazilgan, Tabriz yaqinida rasadxona va kasalxona qurilgan. Gʻozonxon olimlarga homiylik qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x