GʻILAYLIK

GʻILAYLIK — koʻzning noraso holati, bunda bir koʻz qorachigʻi koʻrilayotgan buyumga toʻgʻri qaragan, ikkinchisi esa burun tomonga (yaqinlashuvchi Gʻilaylik) yoki chekkaga (uzoqlashuvchi Gʻilaylik) ogʻgan boʻladi. Funksional Gʻilaylik va falajlanish gʻilayligi farq qilinadi. Funksional Gʻilaylikda koʻz tashqi mus-kullari, ularning optik apparati yoki koʻz toʻr pardasining funksiyalari buziladi. Koʻpincha yosh bolalarda uch-raydi. Bolalarda ikki koʻzning hamkorlikda normal ishlash faoliyati 2—3 yoshidan boshlab rivojlanadi. Shu davrda bola qattiq qoʻrqsa yoki qizamiq, skarlatina, difteriya, gripp kabi ogʻir yuqumli kasalliklar bilan kasallansa yoki koʻz nur sindirish faoliyati normal rivojlanmasa, funksional Gʻilaylik paydo boʻladi. Uni dori-darmon, uzoq davom etadigan turli koʻz mashqlari yoki operatsiya yoʻli bilan davolash mumkin. Funkiional Gʻilaylikda sogʻ koʻz qoʻl bilan berkitilsa, gʻilay koʻz toʻgʻri tura oladi. Falajlanish gʻilayligida esa sogʻ koʻz qoʻl bilan berkitilsa, gʻilay koʻz shundayligicha turaveradi, toʻgʻriga qaray olmaydi. Chunki uning tashqi muskullari shikastlangan yoki miya qobigʻi pardalarining yalligʻlanishi natijasida butunlay falajlangan boʻladi. Bu Gʻ. ni operatsiya yoʻli bilan davolash qiyin. Gʻilay qoʻz doim yaxshi koʻrmaydi, chunki nur uning koʻz ichi sariq dogʻida emas, balki oʻsha qiyshiq koʻz qorachigʻi roʻparasidagi boshqa nuqtaga tushadi. Shuning uchun Gʻilaylikni qancha tez davolansa, shuncha yaxshi. Birinchi nav-batda, bola koʻzini tekshirtirib, koʻzoynak taqdirish kerak. Soʻngra uning koʻrish qobiliyatini oʻstirish uchun sogʻ koʻz berkitib qoʻyib, gʻilay koʻzga turli mashqlar buyuriladi. Bular foyda bermasa, operatsiya qilinadi. Hoz. mikroxirurgik yoʻl bilan 2—3 yashar bolalardagi Gʻilaylik tuzatilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x