GʻARBIY SHPISBERGEN

GʻARBIY SHPISBERGENShpisbergen arxipelagidagi eng katta orol, Norvegiya hududi. Mayd. 39 ming km2. Qirgʻoqlari fyordli. Yer yuzining katta qismi togʻlik. Eng baland joyi 1712 m (Nyuton togʻi). Metamorfik va choʻkindi, qisman otqindi jinslardan tuzilgan. Soʻngan vulkanlar va issiq buloqlar bor. Hududining yarmidan ortigʻi muzlik (21,2 ming km2). Iqtimi arktika iqlimi. Yillik yogʻin gʻarbida 300—400 mm, markaziy qismida 200 mm. Asosan, qor shaklida yogʻadi. Oʻsimlik kam. Tosh-koʻmir qazib olinadi. Maʼmuriy markazi — Longir. Rezervatlar tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x